Martines APLning top klubiga yo‘l olmoqda

  • 30 dekabr, 2024, 14:20
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinalik forvard Lautaro Martines Angliya Premer-ligasining “Chelsi” klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. 
 
Bir necha mavsumdan buyon “aristokratlar” top hujumchi izlab yurgan edi. Shu sababli, Entso Mareska boshchiligidagi klub qishki transferlar oynasida yangi hujumchi xarid qilishni maqsad qilib qo‘ygan. Hozirda “Inter” safida harakat qilayotgam Martines asosiy da’vogarlar sifatida ko‘rilmoqda. London klubi ushbu transfer uchun “nerrazurrilik”larga Chukvuemeku, Badiashili va Mixail Mudrik kabi futbolchilarni ham qo‘shib bermoqchi. Bir necha manbalarning xabariga ko‘ra, Lautaro ham Londonga ko‘chib o‘tishni rad etmoqchi emas. 
 
Jahon chempionining Italiya klubi bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning Transfermarkt portalidagi narxi 100 million evro deb baholanmoqda. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 27 yoshli forvard bu mavsum 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!