"Marsel" prezidenti PSJ bilan o‘yin vaqti haqida fikr bildirdi

  • 22 sentabr, 23:22
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionati 5-turidan o‘rin olgan "Marsel" – PSJ uchrashuvi bilan bir vaqtda Parijda "Oltin to‘p" taqdirlash marosimi o‘tmoqda.

Tecno

"Marsel" prezidenti Pablo Longoriya vaziyat yuzasidan shunday dedi:

"Xavfsizlik bo‘yicha profelekt qarori sportdan ham ustun turadi, chunki bu eng muhimi. Unga qarshi chiqishimiz mumkin emas edi. Qoidalar stadionda tortishuvlarni oldini olish uchun ishlab chiqilgan.

Bellashuv "Oltin to‘p" marosimi bilan bir vaqtga to‘g‘ri keldimi? PSJni tushunib turibman. Albatta, juda achinarli, lekin futbol – avvalo maydondagi o‘yin. Qoidalarga rioya qilish esa hamma narsadan muhim.

O‘yinni dekabrga ko‘chirish? Bunda biz etti kunda uchta o‘yin o‘tkazishimizga to‘g‘ri kelardi. Shuning uchun bu eng adolatli echim bo‘ldi", – dedi Longoriya.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!