Marrada kim birinchi?

  • 26 mart, 12:08
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Farg‘ona viloyatida velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha 2009-2010 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati boshlandi.

Tecno

Musobaqaning birinchi kunida velosportchilar individual vaqt poygasida ishtirok etdi. 15 km masofada tashkil etilgan poygada Salombek Hasanov marraga 20 daqiqa 15 soniyada birinchi bo‘lib etib kelgan bo‘lsa, Emil Valishin 16 soniya kechga qolgan holda finish chizig‘ini bosib o‘tdi. 20 daqiqa 46 soniya natija qayd etgan Ahad Azizov kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Chempionat doirasida bugun sportchilar 70 km masofaga guruh poygasida ishtirok etadi. Mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan 100 nafarga yaqin velosportchilar ishtirok etayotgan O‘zbekiston birinchiligi 28 mart kuniga qadar davom etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!