Marina xonim “Chelsi”ga Tuxel istamagan futbolchini joyladi

  • 19 noyabr, 2021, 17:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel yozda “Atletiko”dan ijaraga olingan Saul Nigesni jamoaga qo‘shishni istamagani oshkor bo‘ldi.

Tecno

Bu transferning amalga oshishida Saulning agenti bosh rolni o‘ynagan. U “aristokratlar” rahbariyati bilan do‘stona aloqasidan foydalangan holda uni Londonga klubiga joylagan.

Asosiy muammo shundaki, Tomas Tuxel taktik sxemalar va jamoa o‘yinini shakllantirishda Saul Nigesni inobatga olmagan. U ispaniyalik yarim himoyachi kerak emasligi haqida transferlarga mas’ul bo‘lgan Marina Granovskayani bir necha maroba ogohlantirgan.

Endi fubolchi olinganidan keyin bosh murabbiy unga o‘z jamoasidan joy ajratib bera olmayapti. “Aristokratlar” Nigesni muddatidan oldin “Atletiko”ga qaytarib bermoqchi bo‘layotgani madridliklarda norozilik tug‘dirmoqda.

Saul Nigesning o‘zi imkoniyat berilishini kutishdan charchadi va qishda boshqa jamoaga o‘tib ketishni rejalashtiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!