
Mareska "Flamengo"dan uchralgan alamli mag‘lubiyatni izohladi
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida "Chelsi" "Flamengo"ga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng londonliklar bosh murabbiyi Entso Mareska alamli mag‘lubiyat haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Ular g‘alabaga to‘liq munosib edilar. Biz o‘yinga nimadir yangilik olib kirishga harakat qildik – bu kelgusi mavsum va kelajak uchun.
Bizni oldinda yana bir o‘yin kutib turibdi, g‘alaba qozonishga intilamiz. Afsuski, uchrashuv bor-yo‘g‘i olti daqiqada butunlay o‘zgarib ketdi. Qisqa vaqt ichida ikki marta gol o‘tkazdik, keyin esa qizil kartochka. Qaytishga urindik, lekin foydasi bo‘lmadi. Ularga tabriklarimni yo‘llayman" – deya ta’rif berib o‘tdi "aristokratlar" mutaxassisi.
Ma’lumot o‘rnida, london klubi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidagi navbatdagi uchrashuvini 25 iyun kuni "Esperans"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar