
Marat Bikmaev "Lokomotiv" U19 jamoasi ustozi
Pro liga vakili "Lokomotiv" U19 jamoasi murabbiylar shtabida o‘zgarish ro‘y berdi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ushbu mavsum U19 jamoasini boshqargan Sadriddin Abdullaev asosiy jamoa murabbiylar shtabiga o‘tishi munosabati bilan shu paytgacha birinchi ligadagi farm klubida ishlab kelgan Marat Bikmaev "Lokomotiv" U19 bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Ayni paytda U19 futbolchilarimiz Marat Bikmaev qo‘l ostida mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Fikrlar