
Maradona bugungi o‘yin va Messi haqida gapirdi
Afsonaviy Diego Maradona Evropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Napoli" va "Barselona" qarama-qarshiligidan oldin, o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Hozirda "Napoli" De Laurentis prezidentligidagi so‘nggi 15 yillik ichidagi eng qiyin davrini o‘tkazmoqda. "Barselona"ga qarshi juda qiyin o‘yin bo‘ladi, ammo futbolda doim ham taxminlar o‘zini oqlamaydi.
Umid qilamanki, "Napoli" barchani hayron qoldiradi va o‘z muxlislarini xursand etadi.
Messi o‘zining eng yomon uchrashuvini o‘tkazadi, deb umid qilaman," - dedi Maradona.
Eslatib o‘tamiz, "Napoli" va "Barselona"ning o‘zaro to‘qnashuvi bugun tunda, Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Fikrlar