Maoshingni oshiramiz, “Chelsi”ga o‘tmasang bo‘ldi!

  • 18 dekabr, 2021, 22:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

The Telegraph nashri jurnalisti Jon Persi “Lester” rahbariyati qator klublar nishoniga tushgan markaziy himoyachi Uesli Fofana bilan yangi bitim bo‘yicha muzokara boshladi.

Tecno

Angliya premer-ligasi vakillari o‘rtasida “Chelsi” Fofanani olishga qattiq harakat qilmoqda. Aslida londonliklar yozgi transferlar vaqtida ham bu o‘yinchini olishga qiziqqandi. Endi Tomas Tuxel jamoasida Antonio Ryudiger va Andreas Kristensenning ketishi aniqlashib qolganidan keyin Fofana mavzusi yana kun tartibiga qaytdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Lester” xo‘jayindarini futbolchi “aristokratlar” safiga o‘tib ketmasligi uchun uning maoshini ko‘tarishni va’da qilmoqda. Ayni paytda bu himoyachi haftasiga 51 ming funt sterling olyapti.

Frantsiyalik futbolchi ayni paytda jarohatini davolash bilan band. Shu bois, u joriy mavsumda hali maydonga qadam bosmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!