
Manchesterliklar “Real” darvozabonini oladigan bo‘lyapti
“Manchester Yunayted” o‘tgan yoz asosiy darvozabon David de Xeaga javob berib yuborganidan keyin uning o‘rniga Andre Onanani olib kelgan edi.
Kamerunlik posbonning Angliya futboliga moslashishi qiyin kechmoqda. Onana joriy mavsumda 39 ta uchrashuvda 60 ta gol o‘tkazib yubordi.
Shu bois, manchesterliklar “Real”dan ukrainalik golkiper Andrey Luninni transfer qilmoqchi. 25 yoshli futbolchi uzoq muddat Tibo Kurtuaning soyasida qolib ketgan edi. Belgiyalik darvozabon og‘ir jarohat olib, safdan chiqqanidan keyin Luninning yo‘li ochildi.
Aniqrog‘i, madridliklar asosiy posbon roliga “Chelsi”dan Kepa Arrisabalagani ijaraga oldi. Biroq ichki raqobatda ukrainalik darvozabon ispaniyalik hamkasbini engib chiqdi.
Lunin joriy mavsumda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta to‘p o‘tkazib yubordi va o‘nta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Andrey Luninning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi. Tiba Kurtua ham joyini egallashgan tayyormoqda. Shu sababli, ukrainalik futbolchi boshqa grand klublar taklifini qabul qilishi mumkinligi aytilmoqda.
Fikrlar