
Manchesterdan ketishini aytgan yulduzga bir kunda uchta klub topildi
“Manchester Yunayted” qanot hujumchisi Markus Reshford jamoasini o‘zgartirishga qaror qilgani haqidagi xabar tarqatilganidan keyin Evropaning uch klubi unga jiddiy qiziqish bildira boshladi.
Markus imkon bo‘lsa, yanvardayoq boshqa klubga o‘tishni rejalashtirgan. Tajribali forvardga hozirning o‘zida Frantsiyadan “Marsel”, Angliyadan “Aston Villa” va Italiyadan “Napoli” ish berishga tayyor.
Anchadan beri PSJ mutasaddilari ham Reshfordni jamoaga qo‘shib olishni o‘ylab yuribdi. Ayniqsa, o‘tgan yoz Kilian Mbappe Parijni tark etganidan keyin klubning Reshford bo‘yicha rejalari yana kun tartibiga qaytgan.
“Napoli”ni boshqarayotgan Antonio Konte ham klub xo‘jayinlariga shaxsan uchrab, Reshfordni tezroq transfer qilishni so‘ragani aytilmoqda.
Fikrlar