
“Manchester Yunayted”ni mashhur futbolchi tark etmoqda
“Manchester Yunayted”ning braziliyalik legioneri Fred Santos yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar aniq tark etadigan bo‘ldi.
Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar tarqatdi.
Manbaning ta’kidlashicha, manchesterliklar bir hafta ichida uning transferini hal qiladi. Xaridorlar orasida Londonning “Fulxem” klubi ham borligi aytilmoqda.
Fred “Manchester Yunayted”ga 2018 yili yozda olib kelingan edi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2024 yilning yozigacha imzolangan.
Bosh murabbiy Erik ten Xag kelajakda bu futbolchining xizmatlariga ehtiyoj yo‘qligini bildirdi. Uning transferi 20 million evro atrofida baholanmoqda.
Fikrlar