
"Manchester Yunayted"ga braziliyalik himoyachi keladi
"Lill" himoyachisi Gabriel faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Frantsiya nashrlari ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. Oldinroq, braziliyalik yosh himoya uchun "Napoli" da’vogarlik qilayotgani xabar qilingan edi.
Joriy mavsumda 24 ta o‘yinda 1 ta gol kiritgan Gabrielning "Lill" bilan shartnomasi 2023 yil yozigacha amal qiladi.
Fikrlar