
"Manchester Yunayted"da debyut qilishga ulgurmagan futbolchi sog‘aydi
Himoyachi Leni Yoro "Manchester Yunayted"ga o‘tganidan so‘ng darhol jarohat olgan edi. Futbolchi yaqinda o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga maxsus yugurish yo‘lakchasida mashq qilayotgani aks etgan videosini joylashtirdi.
"Qaytish yo‘lida", - deb yozgan Yoro.
Aytish joizki, 18 yoshli frantsiyalik futbolchi "Manchester Yunayted" tarkibiga yozgi transferlar davrida "Lill"dan kelib qo‘shldi. U hali "qizil iblislar" safida rasmiy debyut o‘yinini o‘tkazmagan. Yoro "Arsenal"ga qarshi bo‘lib o‘tgan mavsumoldi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan edi.
«Manchester Yunayted» ayni damda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinini 19 oktyabr, shanba kuni "Brentford"ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar