“Manchester Yunayted” yanvarda Amorimga ikki futbolchi olib beradigan bo‘ldi

  • 9 noyabr, 2024, 14:14
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorimni bosh murabbiy qilib tayinlagan “Manchester Yunayted” xo‘jayinlari unga qishki transferlar vaqtida ikki o‘yinchi olib berishga qaror qildi. 

Tecno

Sky Sports Germany nashrining yozishicha, manchesterliklar yanvar oyida “Bavariya”dan Leon Goretskani olib ketmoqchi. 

“Bavariya”ni Vensan Kompani qabul qilib olganidan keyin 29 yoshli yarim himochi o‘yin amaliyotisiz qolib ketmoqda. Yangi mavsumda Goretska barcha musobaqalarda 8 marotaba maydonga tushib, jami 134 daqiqa o‘ynadi. Chempionlar ligasida gol urganiga qaramay, vaziyat o‘zgargani yo‘q. 

“Manchester Yunayted” Amorimga to‘purar hujumchi olib bermoqchi. Chunki manchesterliklar Premer-ligada eng kam gol urgan uch jamoadan biri. 

Ular birinchi bo‘lib, Amorimning qo‘l ostida “Sporting”da to‘purarlik qilayotgan Viktor Dyokereshga og‘iz solgandi. Lekin shved hujumchisi ustozining ortidan borishni istamadi. Endi klub skautlar boshqa nomzod qidiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!