“Manchester Yunayted” to‘rt futbolchini qoldiradigan bo‘ldi

  • 22 dekabr, 2022, 11:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati joriy mavsum oxirida shartnomasi yakunlanadigan to‘rt futbolchi bilan hamkorlikni bir tomonlama uzaytirish huquqidan foydalanib, ularni yana bir mavsum olib qoladigan bo‘ldi.

Tecno

BBC jurnalistlarining ma’lum qilishicha, himoyachilar Lyuk Shou va Diogu Dalot, yarim himoyachi Fred va Markus Reshfordning bitimlari klub tomonidan 2024 yilning 30 iyunigacha  uzaytiriladi.

Avvalroq, braziliyalik yarim himoyachi Fred yozda erkin agent sifatida jamoani tark etishi aytilgandi. Lekin klub rahbariyati 29 yoshi futbolchiga yana bir mavsum imkon beradigan bo‘ldi.

Shuningdek, klub mutasaddilari asosiy darvozabon David de Xea bilan muzokarani davom ettirmoqda. Ular hamkorlikni uzaytirish uchun ispan futbolchisidan maosh talabini pasaytirishni so‘rayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, David de Xea Angliya premer-ligasida eng katta maosh oladigan o‘yinchi hisoblanadi. Klub unga haftasiga 375 ming funt to‘lamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!