"Manchester Yunayted" Sheshko bo‘yicha muvaffaqiyatga erishdik deb hisoblamoqda

  • 1 avgust, 23:10
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" hujumchi Benyamin Sheshko uchun kurashda ustunlikka erishganiga ishonmoqda. Bu haqda jurnalist Grem Beyli ma’lum qildi.

Tecno

Uning ta’kidlashicha, sloveniyalik futbolchi "RB Leyptsig"dan Ruben Amorim boshqaruvidagi jamoaga o‘tishga tayyor, hatto agar MYu kelasi mavsumda evrokuboklarda ishtirok etmasa ham.

Benjamin Sesko of RB Leipzig looks on during the 1. Bundesliga match between RB Leipzig and VfB Stuttgart at Red Bull arena, Leipzig, Germany on May...

Avvalroq 22 yoshli Sheshkoning nomi "Nyukasl" klubi bilan ham bog‘langan edi. Qizig‘i shundaki, klub Angliya nomidan Chempionlar ligasida ishtirok etadi, ammo shu holat ham Sheshkoni "qizil iblislar" safiga o‘tishdan to‘smayapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, "RB Leyptsig" o‘z forvardini 75 million evro va bonuslar evaziga qimmatbaho transfer orqali sotish niyatida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!