
"Manchester Yunayted" qimmat transferni amalga oshiradi
“Manchester Yunayted” frantsiyalik yulduzi Pol Pogba bilan xayrlashishga tayyor. Bu futbolchi o‘zidan kutilgan o‘yinni namoyish eta olmayapti. Pogbaning o‘ziga ham Manchesterdagi hayot tarzi yoqmayapti.
Pogba yozgi transferlar vaqtida klubni tark etishi kutilyapti. Manchesterliklar uning o‘rniga “Atletiko” yarim himoyachisi Saul Negisni olib kelishni rejalashtirgan. Inglizlar bu futbolchiga anchadan beri ko‘z tikmoqda. Yozdagi muzokaralarda madridliklar Negis uchun 150 million evro so‘ragani tufayli transfer amalga oshmagan edi.
Sulsher jamoasi yozda Pogbaning transferidan keladigan summaga yana mablag‘ qo‘shib, Saulni sotib olishga harakat qiladi. Biroq, buning uchun "Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone futbolchini qo‘yib yuborishga rozi bo‘lishi kerak.
Fikrlar