
"Manchester Yunayted" Pogbaning narxini oshirib qo‘ydi
"El Mundo Deportivo" nashrining xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" Pol Pogbaning transfer narxini 200 mln evroga ko‘tarib qo‘ydi.
26 yoshli futbolchining agenti Mino Rayola bergan bayonotnomasidan so‘ng manchesterliklar bu qarorga kelishgan. Pogba jamoadan ketish hoxishi borligini klub yaxshi biladi. Rayolaning so‘zlariga ko‘ra, u o‘z mijozining xatti-harakatlarida xech qanday aybni ko‘rmagan.
Bungacha MYu futbolchini 170 mln evroga qo‘yib yuborishi xaqida xabar berilgandi. Frantsiyalik futbolchi uchun "Real" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirishgan. Keyinchalik italiyaliklar kurashdan chiqishgan. "Real" klubi esa Pogba uchun 130 mln evro berishga tayyorligini bildirgan.
Fikrlar