
"Manchester Yunayted" o‘z maydonida autsayderga yutqazib qo‘ydi (video)
Angliya premer-ligasining 20-turida “Manchester Yunayted” o‘z maydonida “Sheffild”ni qabul qildi.
“Old Trafford”dagi o‘yin kutilmaganda 1:2 hisobida “qizil iblislar”ning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Kin Brayan (23') va Oliver Berk (74') tomonidan kiritilgan gollar “Sheffild”ga g‘alaba keltirdi. MYuning yagona javob golini esa Xarri Maguayr (64') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar