"Manchester Yunayted" Onanani Portugaliya terma jamoasi a’zosiga almashmoqchi

  • 22 aprel, 18:30
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Manchester Yunayted" Diogu Koshtani "Portu"dan sotib olib, Andre Onanani almashtirish variantini ko‘rib chiqmoqda.

"Correio da Manha" nashrining xabariga ko‘ra, mankunianliklardan tashqari futbolchiga boshqa bir Manchester klubi – "Siti" ham qiziqish bildirmoqda.

Joriy mavsumda Koshda barcha musobaqalarda 41 ta o‘yinda maydonga tushib, 44 ta gol o‘tkazib yuborgan. Shuningdek, u 18 ta o‘yinda darvozani "quruq" saqlashga muvaffaq bo‘lgan.

Dioguning "Portu" bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan. Uning transfer qiymati 38 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Onana Evropa Ligasi chorak finalining birinchi o‘yinidan so‘ng asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qota boshladi. "Lion"ga qarshi 2:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda u ikkita qo‘pol xatoga yo‘l qo‘yib, gollar o‘tishiga sabab bo‘ldi. Garchi bosh murabbiy Ruben Amorim ommaviy tarzda uni qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa-da, Onana vaqtincha zaxiraga tushirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!