
"Manchester Yunayted" Gollandiya terma jamoasi himoyachisini sotib olmoqchi
Eyndxovenning PSV klubi himoyachisi Denzel Dyumfris faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 23 yoshli futbolchiga "Manchester Yunayted"dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshladi. Xabarlarga qaraganda “qizil iblislar” Dyumfris uchun golland klubiga 28 million evro taklif qilishmoqda.
Ma’lumot uchun, Dyumfris o‘tgan mavsum PSV safida 43ta o‘yinda maydonga tushdi va 4ta gol urishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar