
“Manchester Yunayted” futbolchilari Erik ten Xagdan norozi
“Manchester Yunayted” fubolchilari o‘z maydonida “Manchester Siti”ga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.
The Sun nashrining ta’kidlashicha, jamoaning ayrim o‘yinchilari bosh murabbiy Erik ten Xag qarorlariga norozilik bildirmoqda. Xususan, niderlandiyalik mutaxassis Manchester derbisida tushunarsiz ishlarga qo‘l urgan.
Erik ten Xag markaziy himoyachi va ayrim vaziyatlarda o‘ng tarafda o‘ynaydigan Viktor Lindelyofni chap qanot himoyasiga qo‘ygan.
Bundan tashqari, jamoa sardori Brunu Fernandesh to‘liq maydon markazida o‘ynashga ixtisoslashganiga qaramay, portugaliyalik futbolchidan o‘ng qanot hujumchisi sifatida foydalandi.
Erik ten Xagning mana shunday qarorlari jamoadagi muhitga jiddiy ta’sir qilyapti. Bungacha, klub rahbariyati niderlandiyalik murabbiyni ishdan bo‘shatish masalasi kun tartibida emasligini ta’kidlagan.
Fikrlar