"Manchester Yunayted" darvozabon olishga kirishdi

  • 22 avgust, 22:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"The Athletic" nashrining xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" avvalroq yangi darvozabon xarid qilish niyatida bo‘lmagan. Bu variant faqat Andre Onana sotilgan taqdirdagina ko‘rib chiqilar edi.

Tecno

Biroq, APLning 1-turida "Arsenal"ga qarshi o‘yindan so‘ng vaziyat o‘zgardi. MYu yagona golni Altay Bayindirning ishonchsiz harakatlari ortidan o‘tkazib yubordi va klub rahbariyati bu masalada chora ko‘rishga qaror qildi.

Eng so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, "qizil iblislar" 20 million evroga "Antverpen" posboni Sen Lammensni xarid qilish arafasida turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!