
"Manchester Yunayted" Amrabatni sotib olmaydi
"Manchester Yunayted" yozda sotib olish opsiyasi bilan bir mavsumga ijaraga olgan yarim himoyachi Sofyan Amrabat bilan doimiy shartnoma imzolamaydigan bo‘ldi, deya xabar bermoqda "Sky Sports" nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, Erik ten Xag bu transferni istamayapti. Agarda klub marokashlik futbolchini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istasa, "Fiorentina"ga 25 million evro to‘lashi kerak.
Amrabat ushbu mavsum "qizil iblislar" safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta ham golda ishtirok etmadi.
Fikrlar