
“Manchester Yunayted” Amorim qo‘l ostida barcha zamonlar antirekordini qayd etdi
“Manchester Yunayted” futbolchilari Angliya Premer-liasining 24-turida o‘z maydonida “Kristal Pelas”ga imkoniyatni boy berdi. Raqib futbolchisi Matetaning dubli mehmonlarga 2:0 hisobida g‘alaba keltirdi.
Opta statistika markazining ma’lum qilshicha, jamoa Ruben Amorim bosh murabbiyligida “Old-Trafford”da o‘tkazilgan ettita uchrashuvdan beshtasida yutqazgan. Bu barcha davrlarning antirekordi hisoblanadi.
Xususan, “Manchester Yunayted” Devid Moyes boshqaruvidagi 14 ta, Erik ten Xagda 28 ta, Lui van Galda 30 ta, Ule-Gunnar Sulsherda 31 ta va Aleks Fergyuson qo‘l ostidagi 88 ta uchrashuvdan keyin o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida beshta mag‘lubiyatga uchragan edi.
Joze Mourino va Ralf Rangnik bosh murabbiylik qilgan davrda “Manchester Yunayted” bu murabbiylarning “Olt Trafford”dagi mag‘lubiyatlari soni beshta o‘yinga etib bormagan.
Demak, hozircha klub tarixidagi eng omadsiz murabbiy portugaliyalik Ruben Amorim bo‘lib turibdi. Jamoani qayta tashkil qilishga urinayotgan mutaxassis hali ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar