"Manchester Siti" yangi hujumchi sotib oladi

  • 31 iyul, 2023, 16:50
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Kristal Pelas"da o‘ynayotgan hujumkor yarim himoyachi Maykl Olise yana bir ingliz klubining nishoniga tushdi.

Tecno

"Todofichajes" nashri xabariga ko‘ra, 21 yoshli vingerni "Manchester Siti" o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Shaharliklar” allaqachon birinchi taklifni bildirishgan, uning hajmi oshkor etilmagan.

Olise 2021 yilning iyulidan beri "Kristal Pelas"da o‘ynamoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi muddati 2026 yilning o‘rtalarigacha hisoblanadi. "Transfermarkt" portali uni 38 million evroga baholamoqda.

O‘tgan mavsumda premer-ligada Maykl 37 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!