
"Manchester Siti" va "Barselona" o‘zaro yirik transferlarni amalga oshirishi mumkin
"Manchester Siti" klubi rahbariyati "Barselona" bilan o‘zaro futbolchi almashishga tayyor.
Transfer News Live tarqatgan xabarga ko‘ra, "shaharliklar" niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yong evaziga ispaniyalik himoyachi Emerik Lyaportni “ko‘k-anorranglilar”ga berishga tayyor.
Aytish kerakki, bundan avvalroq "Barsa" rahbariyati de Yongni sotmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi, garchi uning o‘zi jamoada qolishni istayotgan bo‘lsada.
Lyaport joriy mavsum “Manchester Siti” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. De Yong esa 24 ta o‘yinda ishtirok etib, o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar