
"Manchester Siti" Sanening narxini e’lon qildi
Myunxenning "Bavariya" klubi hamon "Manchester Siti" vingeri Leroy Sanening transferi haqida bosh qotirmoqda.
Goal.com tarqatgan xabarga qaraganda “shaharliklar” 23 yoshli germaniyalik futbolchini 100 mln evroga baholashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq nemis grandi Sane uchun 80 mln evro taklif qilgan edi.
Ayni damda “Bavariya” bu borada o‘ylash uchun vaqt olgan va tez orada yaxshilangan taklif yuborishni rejalashtirishmoqda.
Fikrlar