
"Manchester Siti" rahbariyati portugaliyalik to‘purarni jamoaga olib kelish ishlarini boshlab yubordi
Bild nashrining ma’lum qilishicha, "Ayntraxt" hujumchisi Andre Silva faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchini "Manchester Siti" o‘z safida ko‘rmoqchi. “Shaharliklar” allaqachon ushbu transferni muhokama qilish uchun Silvaning agenti bilan aloqaga chiqgan.
O‘z navbatida frankfurtliklar jamoaning yakunlangan mavsumdagi to‘purari uchun 40 mln evro olishni xohlamoqda. Ushbu mablag‘larning chorak qismi futbolchining vakillariga berilishini ham unutmaslik lozim.
Andre Silva o‘tgan mavsum Bundesligada jami 32 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu bahslarda raqiblari darvozasini 28 marta ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar