
"Manchester Siti" Portugaliya terma jamoasi a’zosini sotib olmoqchi
“Manchester Siti” ayni damda “Benfika” himoyachisi Ruben Diashning transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqda.
Portugaliyalik futbolchining transferi 55 mln evroga baholanmoqda. APL grandi ushbu transferga o‘zining argentinalik himoyachisi Nikolas Otamendini qo‘shmoqchi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar tarqatmoqda.
“Manchester Siti” xuddi shunday taklifni “Sevilya” himoyachisi Jyul Kundega ham bildirgan edi. Ammo kuni kecha bu borada rad javobi olindi.
Fikrlar