
“Manchester Siti” katta transferga tayyor
“Manchester Siti” rahbariyati jamoa tarkibini kuchaytirish maqsadida katta xarajatlarga tayyor ekani ma’lum qilindi.
“Shaharliklar” yozgi transferlar vaqtida o‘z safiga “Nyukasl” yarim himoyachisi Bruno Gimaraynsni qo‘shib olmoqchi. Klub 26 yoshli o‘yinchini olish uchun “qarg‘alar”ga 115 million evro taklif qilishni rejalashtirgan.
AS nashrining ta’kidlashicha, Xosep Gvardiola jamoasi mutasaddilari braziliyalik tayanch yarim himoyachisi agentlari bilan aloqa o‘rnatib bo‘ldi.
“Manchester Siti” transfer summasi kattaligini inobatga olib, 115 million evroni uchga bo‘lib to‘lashni taklif qilmoqchi.
Xosep Gvardiola ayni paytda tayanch zonasida katta hajmdagi ishlarni bajarayotgan Rodrigo Ernandesga tushayotgan bosimni kamaytirish uchun jamoaga aynan Bruno Gimarayns kerak, degan fikrga kelgan.
Braziliyalik futbolchining “Nyukasl” bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yozigacha tuzilgan.
Fikrlar