"Manchester Siti" hujumchisi nega "Tottenxem"ga ketmadi?

  • 8 sentabr, 18:28
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti"ning braziliyalik vingeri nega Londonning "Tottenxem" klubiga o‘tmagani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

El Nacional nashrining yozishicha, yozgi transferlar vaqtida "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaning shaxsan o‘zi klub sport direktori Ugo Vianaga murojaat qilib, Savio bo‘yicha hech qanday taklifni ko‘rib chiqmaslikni so‘ragan. Futbolchiga "Tottenxem" va "Barselona" qiziqish bildirayotgan edi.

Bu mavsumda 21 yoshli hujumchi hali maydonga asosiy tarkibda tushgani yo‘q. Uning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar imzolangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalikning narxi 50 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!