
"Manchester Siti" futbolchisi 2 oyga safdan chiqdi
"Manchester Siti" hujumkor yarim himoyachisi Rayan Sherki jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqdi.
Futbolchi mashg‘ulotlarda sonidan jarohat olgan edi. Shu sababli, frantsuz "Brayton"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi. "Shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘yindan so‘ng matbuot anjumanida Sherkini 2 oyga safdan chiqqanini ma’lum qildi.
APLda Rayan 2 ta o‘yinda maydonga tushib o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ygan edi.
Fikrlar