
“Manchester Siti” bo‘ladigan gapni aytdi
“Manchester Siti” rahbariyati “Napoli”ning 29 yoshli himoyachisi Kalidu Kulibali transferi uchun 55 million evro berishini ma’lum qildi. Neapol klubi xo‘jayinlari bu transferdan 100 million evro olishni mo‘ljallayotgan edi. Biroq, bu narxga hech qaysi klub ko‘nmayapti.
Ma’lumotlarga qaraganda, Gvardiola vakillari Kulibali agentlari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Uning “Napoli” bilan shartnomasi yana uch yil davom etadi.
2014 yildan bun A Seriyada to‘p surayotgan senegallik himoyachiga “shaharliklar” qatorida “Manchester Yunayted”, “Liverpul” va PSJdan ham qiziqish bo‘lyapti.
Fikrlar