"Manchester Siti" 100 millionga sotib olgan futbolchisini ijaraga bermoqchi

  • 8 iyun, 20:44
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl Yunayted" "Manchester Siti" futbolchisi Jek Grilishni o‘z safiga qo‘shib olishni xohlamoqda. Bu haqda talkSPORT nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "qarg‘alar" futbolchini ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Grilishning o‘zi esa "shaharliklar" safidagi faoliyati yakunlangan deb hisoblaydi. Agar "Nyukasl" bu transfer ustida jiddiy harakat qilsa, ular "Napoli" bilan raqobat olib borishiga to‘g‘ri keladi.

Eslatib o‘tamiz, Grilish 2021 yildan beri "Manchester Siti"da to‘p surmoqda. O‘tgan mavsumda u jami 32 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor bahosi 28 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!