Mana haqiqiy talant! “Chelsi” yulduziga o‘zbek hujumchisidan o‘rnak olishni aytishdi!

  • 28 oktabr, 2024, 08:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston Premer-ligasida yil kashfiyotlaridan biri Jasurbek Yaxshiboev bo‘ldi. 2024 yilning boshida amaldagi chempion “Ordabasi” jamoasiga qo‘shilgan o‘zbek futbolchisi debyut mavsumidayoq jamoa etakchisi va to‘purariga aylandi.

Tecno

Ayni paytda Ukrainaning “Krivbass” jamoasini boshqarayotgan taniqli murabbiy Yuriy Vernidub Qozog‘istonning fanday.kz saytiga bergan intervyusida ilgari o‘z qo‘l ostida o‘ynagan o‘zbekistonlik Jasurbek Yaxshiboev faoliyatini kuzatib borayotganini ma’lum qildi.

Sports.uz portali ukrainalik mutaxassisning legionerimiz haqidagi fikr-mulohazalarini o‘zbekstonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.

Birinchi qism:

 

Ikkinchi qism:

 

– Jasurbek Yaxshiboev Qozog‘iston chempionatiga o‘tganini eshitib, hayron bo‘ldingizmi?

– Bu uning faoliyatidagi mantiqiy burilish, deb hisoblayman. Birinchi navbatda, o‘zini futbolchi ekanini emas, balki futbolni sevish kerak. Yaxshiboevda bu biroz boshqacha edi. O‘zining sevimli kasbiga bunaqa munosabat qilib, keyin uning senga nima berishini, istaklaring amalga oshishini kutib bo‘lmaydi.

– Lekin hozir Yaxshiboev Qozog‘iston chempionati to‘purarlari orasida, “Ordabasi”da to‘qqizta gol urib, uchta assist qayd etgan...

– Demak, Yaxshiboev Belarus chempionati va “Sherif”dagi dastlabki holatiga qaytgan. Avval ham aytganimdek, u juda iqtidorli yigit. O‘z faoliyatim davomida undan talantli o‘yinchi ko‘rmaganman. Unda zamonaviy futbolchi uchun kerak bo‘lgan hamma narsa bor. Lekin bitta muammo bo‘lgan – maqsad sari intilish. Agar Jasur shuni ham to‘g‘rilasa, top-futbolchiga aylanadi.

– Qaysi darajaga ko‘tarilishi mumkin?

– U har qanday chempionatda eng zo‘ri bo‘lishi mumkin. Jasurda texnika, zarba, pas, tezlik, futbolni tushunish qobiliyati yaxshi shakllangan.

– Ukraina chempionatida o‘ynab keta oladimi?

–  100 foiz. Men Belarusda ishlab yurganimdayoq murabbiylarga “Agar Yaxshiboev “Shaxtyor Donetsk” yoki “Dinamo Kiev”da o‘ynashni istaganida, bu jamoalarda eng zo‘ri bo‘lardi”, degan edim.

– Kelajakda yana Yaxshiboev bilan ishlashni reja qilmadingizmi?

– Nega unday bo‘lmasligi kerak? Agar u o‘z ishiga munosabatini o‘zgartirgan bo‘lsa, men u bilan jon deb ishlardim. Agar u o‘zgara olgan bo‘lsa, bu hurmatimni oshiradi. Demak, Jasurda qat’iyat bor.

– “Ordabasi”da hujum chizig‘ida hamyurtingiz Artyom Besedin o‘ynayapti. Uni Yaxshiboev bilan solishtirsa bo‘ladimi?

– Besedinni kamsitmagan holda aytishim kerakki, Yaxshiboev umuman boshqa darajada.  Agar Jasurni ukrainaliklar bilan solishtirsak, faqatgina “Chelsi”dagi  Mixail Mudrikdan tezlik bo‘yicha ozgina ortda qoladi. Lekin Yaxshiboev haqiqiy talant. U har bir lahzani his qila oladi. Xudo Mudrikka Yaxshiboev singari o‘yinni tushunish qobiliyatini berganida unga teng keladigan futbolchi topilmas edi...

Suhbatimiz orqali Jasurbek Yaxshiboev uchun xursand ekanimni izhor qilmoqchiman. Uning faoliyatini  doimo mamnuniyat bilan kuzatib boraman. Agar u o‘sishdan to‘xtamasa, hali yanada kuchli chempionatlarga o‘tishiga ishonchim komil.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!