
Malkom Grizmanning "Barselona"ga o‘tishidan cho‘chimoqda
Kataloniyaning “Barselona” klubi vingeri Malkom garchi kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotganiga qaramay “ko‘k-anor ranglilar” safida kamida yana bir mavsum qolishni rejalashtirmoqda.
UOL Esporte tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli braziliyalik futbolchini shuningdek “Atletiko” forvardi Antuan Grizmanning “Barsa”ga ko‘chib o‘tishi mumkinligi ham havotirga solmoqda. Agar frantsiyalik futbolchi chindan ham yozda kataloniyaliklar safiga o‘tsa, u holda Malkom boshqa jamoalarning taklifini ko‘rib chiqishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Malkomni 2018 yilda “Bordo”dan 41 mln evroga sotib olgan edi. U joriy mavsum 23ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 6ta gol urishga erishdi.
Fikrlar