
Magomed Ismoilov hamda Ivan Shtirkov jangi to‘liq davom etdi
Hozirgina Rossiyaning Moskva shahrida “ASA 115” turniri o‘z yakuniga etdi. Ushbu turnirning markaziy jangida og‘ir vazn toifasidagi Ivan Shtirkov hamda Magomed Ismoilov to‘qnash keldi.
To‘liq uch raund davom etgan ushbu jangda nisbatan faolroq va aniqroq harakat qilgan Ismoilov hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib, deb topildi va faoliyatidagi 17-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, uning rekordidan ikki mag‘lubiyat ham o‘rin olgan.
Ivan Shtirkov esa faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Yutuqlari 17 tani tashkil etadi.
Fikrlar