Magnus Karlsenning mashhur jinsi shimi 36 100 dollarga sotildi

  • 3 mart, 14:17
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
BEPUL PROPAN

Magnus Karlsenning 2024 yilgi rapid bo‘yicha jahon chempionatida kiygan mashhur jinsi shimi autsionda 36 100 dollarga sotildi. Bu mablag‘ xayriya tashkilotiga yo‘naltiriladi.  

10 kun davom etgan qizg‘in savdolarda noma’lum xaridor Karlsenning 32-o‘lchamli Corneliani brendiga tegishli jinsi shimlarini qo‘lga kiritdi. 27fevraldan beri eng yuqori taklif 14 100 dollar bo‘lib turgan edi, lekin autsionning so‘nggi soatlarida tezkor takliflar berilib, narx keskin oshdi.  

Tushgan mablag‘ Big Brothers Big Sisters of America (BBBSA)  tashkilotiga xayriya qilinadi. BBBSA rahbari Artis Stivens bu mablag‘ yosh avlodni ilhomlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflanishini ta’kidladi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!