
Mag‘lubiyatlar qimmatga tushdi. “Real” Anchelottidan voz kechmoqchi
“Real” Ispaniya chempionatida “Barselona”dan, Evropa Chempionlar ligasida “Milan”dan engildi. Har ikki mag‘lubiyat Madridda ro‘y bergani yanada alamli bo‘ldi.
Ketma-ket kelgan muvaffaqiyatsizlik Karlo Anchelottining kelajagiga rahna solyapti. Relevo nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” italiyalik mutaxassis bilan xayrlashish masalasini o‘rgana boshladi.
Karlo Anchelotti qo‘llayotgan yangi o‘yin sxemasida keyingi yillarda katta umidlar bilan olib kelingan Jud Bellingem, Arda Gyuler va Endrik kabi hujumkor futbolchilar o‘zini ko‘rsatishi uchun imkoniyatga ega bo‘lolmayapti.
Agar jamoa o‘yini tez orada yaxshilanmasa va natijalar ijobiy tomonga o‘zgarmasa, “Real” mutasaddilari bosh murabbiy masalasida keskin choralar ko‘rishi aytilmoqda.
Fikrlar