Madrid superklubi: Flik shu ikki futbolchingni bizga ber!

  • 3 mart, 16:44
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum chempionlik uchun kurashayotgan “Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone yozgi transferlar vaqtida tarkibni kuchaytirishga qaror qildi.

Tecno

Argentinalik mutaxassis jamoaga “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flikka kerak bo‘lmay qolgan ikki futbolchini olib kelmoqchi.

Manbaga ko‘ra, madridliklar Ferran Torres va Andreas Kristensenga ish berishga tayyor.

Kataloniyaliklar maoshlar fondini qisqartirish va yangi o‘yinchilarni olish imkoniyatini saqlab qolish uchun bu  ikki futbolchini yozda jamoadan ketkazishni rejalashtirmoqda.

“Barselona” bilan 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnomaga ega Kristensen jamoani Flik qabul qilib olganidan beri tarkibdan tushib qolgan.

Simeone yozda hujumchilardan Antuan Grizmann va Anxel Korreaning ketishi mumkinligini inobatga olib, jamoasiga Ferran Torresni chorlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!