Luka endi A Seriyada o‘ynaydi!

  • 5 iyul, 2022, 10:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" futbolchisi Luka Yovich faoliyatini A Seriyada davom ettiradi. Bu haqda taniqli jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi. 

Tecno

Manbaga ko‘ra, hujumchi "Fiorentina" klubi bilan kelishuvga erishgan. U ijara asosida "binafsharanglilar" safida harakat qiladi.

Ijara muddati 2 yil etib belgilangan. Italiyaliklarda Lukani sotib olish huquqiga ham ega.

Ma’lumot o‘rnida, Yovich o‘tgan mavsum La Liganing 15 o‘yinida bitta gol va 3 ta assist qayd etishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!