Luis Enrike: "PSJ uchun munosib futbolchi topish oson emas"

  • 26 sentabr, 21:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Luis Enrike jamoani kuchaytish jarayoni qiyinligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, transfer bozorida klub talablariga mos futbolchi topish katta mas’uliyat talab qiladi.

Tecno

"PSJ uchun o‘yinchi topish bu shunchaki oson ish emas. Bu erda hamma jihatni hisobga olish kerak: futbolchining shaxsiyati, mablag‘ va katta bosimga chidamliligi. Chunki siz katta pul to‘lasangiz, u o‘yinchiga yanada ko‘proq bosim qiladi.

Biz jamoamizga ishonamiz, o‘tgan mavsumda bunga ishonch hosil qildik. Hozir xotirjam ishlaymiz va har bir narsani chuqur tahlil qilamiz. Bizga kerak bo‘lgan futbolchilarni topish oson emasligini yaxshi bilamiz", – deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!