Luis Enrike keyingi “Oltin to‘p”ni kim olishini aytdi
Evropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining beshinchi turida musobaqaning amaldagi g‘olibi “Pari Sen-Jermen” o‘z maydonilda “Tottenxem”ni 5:3 hisobida mag‘lub etdi.
Parijliklarning g‘alabasida raqib darvozasini uch marta ishg‘ol qilgan Vitinya muhim rol o‘ynadi.
PSj bosh murabbiyi Luis Enrike keyingi “Oltin to‘p” sovrini aynan portugaliyalik yarim himoyachiga topshirilishiga umid bildirdi.
- Vitinya har doimgidek ajoyib o‘yin namoyish qildi. U keyingi “Oltin to‘p” sohibi bo‘lishiga umid qilaman, - dedi Luis Enrike.
Vitinya joriy mavsum barcha turnirlarda 25 uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasini olti marotaba ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga o‘nta golli pas uzatdi.



Fikrlar