
Lovren Xorvatiya terma jamoasiga yordam bera olmaydi
"Zenit" himoyachisi Deyan Lovren Rossiya premer-ligasining 14-turidan o‘rin olgan "Krasnodar"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan.
Yuqoridagi sabab tufayli Lovren Xorvatiya terma jamoasining noyabr oyidagi o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda terma jamoa bosh murabbiyi Zlatko Dalich aytib o‘tdi.
Xorvatiya terma jamoasi bu oy Turkiya, Shvetsiya hamda Portugaliyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Fikrlar