
Loris: "Marokash allaqachon muvaffaqiyatga erishib bo‘ldi"
Frantsiya milliy terma jamoasi sardori Ugo Loris mundial yarim final bosqichi doirasidagi Marokashga qarshi bellashuv oldidan fikr bildirdi.
"Ular allaqachon muvaffaqiyatga erishib ulgurdi. Biroq jamoa shu bilan to‘xtab qolmaydi deb o‘ylayman",-dedi u o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, marokashliklar guruh bosqichida Belgiyani, pley-offda Ispaniya hamda Portugaliyani turnir bilan xayrlashishga majbur qila oldi.
Frantsiya - Marokash uchrashuvi 14-dan 15 dekabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar