
Loris "Latsio" taklifini rad qildi
"Tottenxem" vakili Ugo Loris faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin edi. Unga "Latsio"dan taklif keldi, lekin darvozabon buni rad qildi, deya xabar bermoqda insayder Di Martsio.
frantsiyalik futbolchining "shporlar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. Klub yangi posbon sotib olgani sabab, Loris o‘ziga yangi jamoa izlamoqda.
Ma’lumot uchun, Ugo 2012 yildan beri "Tottenxem" darvozasini qo‘riqlab keladi. Uning Frantsiyaga qaytishi mumkinligi borasida ham mish-mishlar chiqqandi.
Fikrlar