
Loris Frantsiya safida Tyuramga etib oldi
Biroz oldin JCh nimchorak final uchinchi o‘yinida Frantsiya Polsha bilan bahs olib bordi va 3:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Unda frantsuzlar posboni Ugo Loris eng ko‘p o‘yinlar soni bo‘yicha Lilian Tyuramga etib oldi — 142 bahs. «Shporlar» posboni shuningdek, JChlar davomida ham rekordchilarga etib oldi. Endilikda Bartez hamda Anri kabi Loris hisobida ham 17 ta uchrashuv mavjud.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya chorak finalda Angliya va Senegal g‘olibi bilan bahslashadi.
Fikrlar