
Lopetegi "Milan" bosh murabbiyiga aylanishi mumkin
"Milan" jamoasi yozda yangi bosh murabbiy tayinlashni rejalashtirmoqda. "Gazzetta.it" nashri xabariga ko‘ra, rossonerilar "Real" va Ispaniya terma jamoasida ishlagan Xulen Lopetegini bu lavozimga asosiy da’vogar deb hisoblamoqda.
Qayd etilishicha, ispaniyalik mutaxassis milanliklar rahbarlarida yaxshi taassurot qoldirgan va u asosiy nomzod sifatida qaralmoqda. Avvalroq OAVda "Milan"ning amaldagi bosh murabbiyi Stefano Pioli mavsum yakunida iste’foga chiqishi haqida xabar berilgan edi.
Ma’lumot uchun, "qizil-qoralar" joriy mavsum klub A Seriyaning 33-turidan so‘ng 69 ochko to‘pladi va turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. "Inter" rasman mamlakat chempioniga aylandi.
Fikrlar