"London Chess Classic 2025". Nodirbek Abdusattorov durangdan so‘ng 2-turda g‘alaba qozondi!
Xabaringiz bor, shaxmatchimiz Nodirbek Abdusattorov "London Chess Classic 2025" turnirida ishtirok etmoqda.
Vakilimiz 1-turda Gavain Maroroa Jones bilan murosa yo‘lini tanlagan edi. Bugun esa Nodirbek Abhimanyu Mishrani mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqa 26 noyabrdan 5 dekabrgacha Londondagi “Emirates Stadium”da o‘tkaziladi. Bu yilgi turnir10 nafar kuchli grossmeysterlar ishtirokidagi klassik davra tizimidagi musobaqa bo‘ladi.



Fikrlar